“5X” aksiyasini o‘tkazish shart va qoidalari

«MINERVA WORLD OF KNOWLEDGE» MChJ (keyingi o‘rinlarda — Quruvchi) bilan  Toshkent shahri, yangi hayot tumani, Uzgarysh qishlog’i, Alisher majmuasi manzilida qurilayotgan qurilish majmuasida bir yoki bir nechta qurilish obyektlarini shaxsiy mulk huquqi sifatida sotib olish maqsadida ulushli qurilishda ishtirok etish uchun shartnoma (keyingi o‘rinlarda — Ulushli qurilish shartnomasi) imzolagan

voyaga yetgan va salohiyatli har bir jismoniy yoki yuridik shaxs (keyingi o‘rinlarda — Ulush egasi) «5Х» aksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Aksiya) ishtirokchisi  bo‘lishi mumkin.

Aksiya amal qilish muddati 2021-yil 15-avgustdan boshlanib 2021-yil 14-oktabrda yakunlanadigan 60 (oltmish) kalendar kunini tashkil qiladi va Aksiyani o‘tkazish Muddati sanaladi.

Aksiyada ishtirok etishni istagan Ulush egalari Aksiya o‘tkazilish muddati davomida quyidagilarni amalga oshirishi kerak:

  • Quruvchining savdo ofisiga 1145 qisqa raqami orqali qo‘ng‘iroq qilib, Aksiya shartlari to‘g‘risida dastlabki konsultatsiyani olishi;
  • Aksiya to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Quruvchining Toshkent shahri, yangi hayot tumani, Uzgarysh qishlog’i, Alisher majmuasi manzilidagi savdo ofisiga tashrif buyurishi;
  • Aksiya shartlarini chuqur va har tomonlama o‘rganganidan va uni qabul qilganidan keyin Ulush egasi qurilish majmuasidan xohlagan qurilish majmuasining qurilish obyektini tanlashi va ishtirok etishi mumkin;
  • Qurilish obyektini yozma kelishuv (dastlabki shartnoma yoki zakalat haqidagi kelishuv) yo‘li bilan bronlashni amalga oshirish;
  • 2 mln. so‘m miqdoridagi zakalatni bronlashning keyingi kunidan kechiktirmay to‘lash.

Dastlabki shartnoma yoki zakalat haqidagi kelishuvda ko‘rsatilgan bronlash muddati davomida Shartnoma imzolansa, zakalat summasi Shartnoma bo‘yicha to‘lanishi shart bo‘lgan boshlang‘ich to‘lovdan ajratiladi.

Bronlash muddati Aksiya Muddatidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Shartnoma bronlash muddatida imzolanmasa, zakalat puli qaytarilmaydi.

Aksiya ishtirokchisi bo‘lgan va Aksiya shartlariga ko‘ra beriladigan chegirmaga ega bo‘lishni istovchi Ulush egasi qurilish majmuasidagi qurilish obyektini bronlagan sanadan 15 (o‘n besh) kalendar kuni ichida (keyingi o‘rinlarda — Aksiya Muddati) Ulushli qurilish Shartnomasini imzolashi shart.

Aksiya shartlariga va Ulushli qurilish Shartnomasiga asosan to‘lanadigan boshlang‘ich to‘lovdan ajratiladigan chegirma miqdori 10 mln. gacha bo‘ladi va Aksiya Muddati davomida quyidagi jadvalga muvofiq kamayib boradi:

Xonadon bronlangan sanadan o‘tgan kunlar soni Summa (UZS)

 

15 10 000 000
14 10 000 000
13 10 000 000
12 9 200 000
11 8 500 000
10 7 700 000
9 6 900 000
8 6 200 000
7 5 400 000
6 4 600 000
5 3 800 000
4 3 100 000
3 2 300 000
2 1 500 000
1 800 000
0 0

 

Yuqoridagi jadvalda ko‘zda tutilganidek Shartnoma Aksiya Muddati davomida imzolansa, bronlash sanasining to‘rtinchi kunidan boshlab 10 mln. so‘mdan har kuni ma’lum summa ajratilib boriladi. Qurilishning bronlangan obyekt qurilishidagi Ulushli ishtirok etishning umumiy summasi bronlangan muddatda o‘zgarmasdan qoladi. Bronlash muddati tugagach qurilish brondan olinadi va Quruvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra qurilishda oldin bronlangan obyektlarda  ulushli ishtirok etishning umumiy summasini o‘zgartirishi mumkin.

Aksiya o‘tkazish muddatida Aksiya o‘tkazish boshlanishidan oldin Quruvchi tomonidan tasdiqlangan qurilish obyektlari qiymati har 2 kunda 0,166% ga oshadi. Shunda Aksiya o‘tkazish Muddati davomida qurilish obyektlari narxining umumiy oshishi 5% ni tashkil qiladi. Bu shart bronlash muddatida bronlangan qurilish obyektlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Sizni “MINERVA CITY”dagi baxtli shaxsiy ko‘chmas mulk sohiblari qatorida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.

Menyu