Bu yerda har kim ham ko‘ngliga mos mashg‘ulot topa oladi —majmua aholisidan tortib mehmonlar-u ofislarga tashrif buyurgan biznesmenlargacha bu yerda o‘z xohish va istaklariga mos barcha ko‘ngilochaliklarni topa oladi. Trenajyor zallari, basseyn, karaoke, bouling, qahvaxonalar va ko‘plab shu kabi maskanlar tashrif buyuruvchilarga xush yoqadi.
Siz Minerva City’dan xonadon xarid qilar ekansiz, sifatli hayot uchun sarmoya kiritgan bo‘lasiz. Loyiha «shahar ichida shahar» konsepsiyasi asosida ishlab chiqilgan.
Majmuaning rivojlangan infrastrukturasi yangi hayot tarzi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Sport bilan shug‘ullanish, ertalabki yugurish va kechki osoyishta sayrlar, bo‘sh vaqtingizni maroqli o‘tkazishingiz uchun ko‘plab obyektlarning bir joyda jam bo‘lishi bizning majmuamizda istiqomat qilishning imkoniyatlarini ochib beradi.